Buxoro bo'ylab ajoyib sayohat
Sharq gavhari bo’lmish Buxoroi Sharifning tor ko’chalari, muhtasham minoralari va qadimiy madrasalari bilan tanishing. Ochiq osmon ostidagi ushbu muzey-shahar ming yillik tarix sirlarini o’zida jo etgan. Qadimiy karvonsaroylar va hunarmandlar rastalari bo’ylab aylanib, o’zingizni Sharq ertaklariga tushib qolgandek his eting.
Sayohat tartibi
- Muhtasham Poyi Kalon me'moriy ansambli
- Qadimiy Ark qal'asi va Zindon
- Labi Hovuz atrofidagi milliy choyxonalar va salqin daraxtlar
- Hunarmandlarning noyob gilam va zargarlik buyumlari




